Italiyada rekord darajada qor yog‘di
Italiya harbiylari tashqi dunyodan ajralib qolgan Rimdagi tog‘da joylashgan mehmonxonadan 100 nafar sayyoh va ishchilarni evakuatsiya qilish uchun vertolyotdan foydalanishga to‘g‘ri keldi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan bir necha kun ichida dam olish maskanida rekord darajada qor yog‘ib, yo‘llarni yopib qo‘ygan. Mehmonxonada elektr toki bilan ham aloqa uzilgan. Harbiylar va politsiyachilarning vertolyotlari evakuatsiya qilish maqsadida ishlatilgan.
Ta’kidlanishicha, mehmonxona joylashgan maydon ko‘chki qulash ehtimoli yuqoriligi bois, xavfli deb e’lon qilindi. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Italiyaning markaziy qismida joylashgan mehmonxonada sodir bo‘lgan qor ko‘chkisi sabab 29 kishi vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter