Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iste’molchilar qaysi tashkilotlardan ko‘proq norozi?

Iste’molchilar qaysi tashkilotlardan ko‘proq norozi?

Fotokollaj: «Xabar.uz»

O‘zbekistonlik iste’molchilar qaysi tashkilotlar faoliyatidan ko‘proq norozi bo‘lmoqda? O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov O‘zA muxbiri bilan suhbatda bunga aniqlik kiritdi.

— Tahlillar 2017-yildagi murojaatlar soni o‘tgan yildagidan 4 ming 219 taga ko‘payganini ko‘rsatmoqda. Ariza va shikoyatlarning 12 ming 976 tasi, ya’ni 91,9 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilarga yetkazilgan 4 milliard 397 million 410 ming so‘m zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
 
Kelib tushgan murojaatlar tahliliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning katta qismi tabiiy gaz ta’minoti (4 ming 389 ta – 31,1 foiz), savdo (3 ming 320 ta – 23,5 foiz), elektr ta’minoti (2 ming 201 ta – 15,6 foiz) ga taalluqli ekanini ko‘rsatmoqda.
 
Shuningdek, kommunal xizmat ko‘rsatish (742 ta – 5,3 foiz), suv ta’minoti (506 ta – 3,6 foiz), transport (273 ta – 1,9 foiz), aloqa (317 ta – 2,2 foiz), sog‘liqni saqlash (264 ta – 1,9 foiz) yo‘nalishida ham murojaatlar ko‘pligi kuzatiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring