Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi vakolatlari kengaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.
Yig‘ilishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar ham batafsil tahlil qilingan.
– Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish haqida ko‘p gapiriladi, lekin amalda bu tizim to‘la tashkil qilingani yo‘q. Buni talab qiladigan muhit yo‘q, bilim yo‘q, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot yetishmaydi, – dedi davlat rahbari.
O‘tgan yilda iste’molchilardan tushgan 11 mingdan ortiq shikoyatlarning 50 foizi kommunal va transport, 25 foizi savdo, qolgan 25 foizi aloqa, moliyaviy xizmatlar va boshqa sohalarga oid bo‘lgan.
Bunga asosiy sabab – monopol korxonalar o‘z manfaatiga moslab hujjatlar ishlab chiqqan bo‘lib, ularda iste’molchilar manfaati to‘liq inobatga olinmagan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qaror loyihasi tayyorlash vazifasi qo‘yildi.
Qo‘mitani iste’molchilarning manfaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri himoya qiladigan xalq vakillik organi – Oliy Majlisga hisobdor etib belgilash masalasini ko‘rib chiqish topshirig‘i berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter