Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Iste’mol savatchasi» tushunchasi bizga ham kirib kelmoqda

«Iste’mol savatchasi» tushunchasi bizga ham kirib kelmoqda

Iste’mol savatchasi tushunchasi turli davlatlarda turlichadir.

Foto: myjus.ru

O‘zbekiston Prezidentining «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»ga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha «iste’mol savatchasi»ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish nazarda tutilgan. Endilikda hududlar bo‘yicha «iste’mol savatchasi»ni hisobga olgan holda ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar miqdorini belgilash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mo‘ljallanmoqda. 

Iste’mol savatchasi o‘zi nima? Oddiy odamga uning qanday foydasi tegadi?

Iste’mol savatchasi bir inson yoki oila uchun ma’lum bir vaqtga, masalan, bir oyga zurur mahsulotlar va xizmatlar bo‘lib, ko‘p davlatlarda uning umumiy qiymatiga ko‘ra aholiga ijtimoiy nafaqalar belgilanadi. Shuningdek iste’mol savatchasi inson uchun yetarli miqdorda oziq-ovqat, dori-darmon kabi hayot uchun zarur vositalar majmuasini anglatib, turli davlatlarda turlichadir.

Masalan, AQShda bu savatchaga 300 xil mahsulot kiritilgani holda, Fransiyada — 250, Angliyada — 350, Germaniyada — 475, Rossiyada esa 156 xil mahsulot iste’mol savatchasidan joy olgan. Bizda ham iste’mol savatchasiga oid tushunchalar huquqiy tartibga solinarkan, demak, tez orada bu mavzuga yana qaytamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring