Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbuldagi bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Istanbuldagi bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarni Turkiya hududida keng tarqalayotgan firibgarliklarning navbatdagi turlaridan ogohlantirdi. Jumladan:

  • onlayn savdo orqari bergan buyurtmani bekor qilgandan keyin o‘zini advokat deb sud, kargo harajatlarini undirish; 
  • telefon orqali o‘zini politsiya yoki maxsus kuchlar hodimi sifatida tanishtirib, sizning hisobingizdan horijdagi jinoiy yoki terrorchi guruhlarga to‘lov amalga oshirilganligini aytib, asl jinoyatchini ushlash maqsadida yangi bir hisob raqamiga pul o‘tkazish.

Bunday firibgarlar o‘zingizdan ma’lumotlarni olib o‘zingizga qarshi ishlatishi, firibgarlik va ishontirishda psihologik vositalardan foydalanishi yuzasidan harakat qilayotganligi ma’lum bo‘lmoqda. 

Vatandoshlarimizdan onlayn ravishda berilgan buyurtmani bekor qilishda belgilangan tartibda qaytarish, telefon orqali o‘zini politsiya, sud, maxsus kuch xodimi deb tanishtirgan shaxslarga ma’lumot bermaslik, o‘rnatilgan tartibda chaqirishlarini talab etishlari tavsiya etilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring