Issiq fevral: rekord yangilandi
Iqlimshunoslar ham global, ham mintaqaviy miqyosda kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fevral oyi kuzatilganini qayd etishdi. Bu haqda «Climate Change Service» ma’lumot berdi.
Yevropa, Markaziy Osiyo, Sibir, G‘arbiy Antarktidada o‘rtachadan yuqori havo harorati kuzatildi. Yevropa tarixidagi eng issiq qish mana shu oxirgisi (2019-yil dekabr — 2020-yil fevral) bo‘ldi.
Yevropada qishki o‘rtacha havo harorati bungacha eng issiq deya qayd etilgan 2015-2016-yil qishidan Selsiy bo‘yicha qariyb 1,4 daraja yuqori bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter