O‘zbekiston Ispaniyadan yana ikkita tezyurar poyezd sotib olmoqda
«Ispaniya hukumatining rasmiy kredit instituti bilan yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi ikkita poyezd, vagonlar, ularning butlovchi qismlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarga servis xizmati ko‘rsatish uchun uskunalarni sotib olish bo‘yicha kredit bitimi imzolandi», deya xabar bermoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.
Hujjatni imzolash marosimi 2019-yil 30-may kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi v.b X.N Hosilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Ispaniya sanoat, savdo va turizm vazirligining savdo va investitsiyalar bo‘yicha bosh direktori Mariya Paz Ramos Resa, IKO rasmiy kredit instituti xalqaro biznes bo‘limi boshlig‘i Silviya Diaz ishtirok etishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter