Ismoil Jo‘rabekov uzoq yillik tanaffusdan so‘ng matbuotda chiqish qildi
«Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Qishloq va suv xo‘jaligida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini O‘zbekiston suv xo‘jaligi faxriylari muhim hujjat sifatida, chin dildan olqishlab kutib olishdi», — deb yozmoqda O‘zA.
Xabarda aytilishicha, mamlakatimizning asosiy markaziy nashri sanalgan «Xalq so‘zi» gazetasida ushbu farmon mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan «Obihayot — o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimiz» maqolasi chop etildi. Uning mualliflari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigatorlar Ismoil Jo‘rabekov va Viktor Duxovniy maqolani hayotiy va amaliy ish tajribalaridan kelib chiqib yozgan.
Aytish kerakki, Ismoil Jo‘rabekov 1994-1998-yillarda O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U 2000-2004-yillarda agrar masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter