Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Is gazidagi o‘lim holatlari uchun mas’ullar yengil jazolar bilan qutulib qolgan

Is gazidagi o‘lim holatlari uchun mas’ullar yengil jazolar bilan qutulib qolgan

Is gazi bilan zaharlanish bo‘yicha prokuratura organlari 105 ta tekshirish o‘tkazgan. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga 30 dan ortiq taqdimnoma, 25 tadan ziyod ogohlantiruvlar kiritilib, 25 nafar shaxs intizomiy va 4 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bu haqda bugun, 24 may kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining yigirma oltinchi yalpi majlis oldidan o‘tgan majlisida aytilgan. Unda qo‘mita raisi Q.Burxonov, qo‘mita a’zolari, ekspertlar guruhi va tegishli vazirlik va idora vakillari ishtirok etgan.

Aytilishicha, o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar yetarli darajada o‘z samarasini bermagan. Oqibatda 2020 yildan 2022 yilning shu davrigacha is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 428 ta holat sodir bo‘lgan. Natijada 366 nafar fuqaro vafot etgan va 307 nafar shaxs turli darajada jarohatlangan.

Shu sababli «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunning ijrosi, xususan, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilingan Senatorlar olib borilgan o‘rganishlar davomida mazkur tarmoqda qator tizimli muammo hamda kamchiliklar borligini aniqlagan.

Xususan, milliy qonunchilikda is gazi chiqishi, uni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish, aholini muhofaza qilish, xususan, zaharlanish holatlarining oldini olish borasidagi munosabatlarni o‘zida ifoda etuvchi yaxlit normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi aytilgan.

Shuningdek, amaldagi qonunchilikda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organi aniq belgilanmagan. Natijada bu borada amaliyotda tushunmovchiliklar kelib chiqmoqda.

Ta’kidlanishicha, is gazining chiqishi bilan bog‘liq holatlar asosan ko‘p kvartirali uylarda yuzaga kelyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring