«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan olindi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Jamiyatning iqtisodiy yo‘nalishida sansolarlik va mas’uliyatsizlik holatlari kuzatilayotgani, debitor qarzdorlikni undirish, hamkorlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatilmaganini keskin tanqid qilingan.
Ushbu yig‘ilishda, Boshqaruv raisi tomonidan, Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari faoliyati ham tanqid qilinib, ular o‘z imkoniyatlari darajasida Jamiyat manfaatlarini o‘ylamayotganligi, so‘nggi ikki haftada ko‘plab vazifalar bajarilmagani ma’lum qilingan.
Yig‘ilish davomida Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Murodullayevich Ashurov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgani bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Boshqaruvi raisining qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Mustafoyev lavozimidan ozod etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter