Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqlim o‘zgarishi oiladagi zo‘ravonlikka ta’sir qiladimi?

Iqlim o‘zgarishi oiladagi zo‘ravonlikka ta’sir qiladimi?

O‘zbekiston Respublikasi «Yekolog» jamoat birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Jizzax viloyatining «Qalb nuri» ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi bilan birgalikda 2023 yilning aprel-iyun oylarida Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqlim o‘zgarishi ta’sirida yuzaga kelgan gender asosidagi zo‘ravonlikni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda 16 tuman va Nukus shahridan 123 nafar ayollar ishtirok etishdi. Ulardan 49 nafari nogironligi bo‘lgan xotin-qizlardir. Jizzax viloyatida (12 tuman va Jizzax shahri) 170 nafar xotin-qizlar szrovnomada qatnashib, ularning 36 nafari nogironligi bo‘lgan ayollardir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 72 foiz, Jizzax viloyatida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 87 foizi iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolar oiladagi zo‘ravonlikka ta’sir ko‘rsatishini bildirishdi. Respondentlar «Atrof-muhit muammolari oiladagi zo‘ravonlikka ta’sir qiladimi?», «Atrof-muhit muammolari tufayli zo‘ravonlikka duch keldingizmi?», «Ekologik muammolar va oiladagi zo‘ravonlik o‘rtasida bog‘liqlik bormi?», «Global iqlim o‘zgarishi natijasida haroratning oshishi zo‘ravonlikni keltirib chiqaradimi?, «Havoning ifloslanishi va chang bo‘roni natijasida qanday muammolarga duch kelasiz?», «Daraxtlarning kesilishi sizga qanday ta’sir qildi?»,«Tuproq sho‘rlanishi natijasida oilangiz qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqda?» kabi savollarga javob berishdi.

So‘rovnoma natijasiga ko‘ra Nukus (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) va Jizzax shaharlarida davlat, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirokida «Davra suhbat»lari o‘tkazilib, unda iqlim o‘zgarishining oiladagi zo‘ravonlikka ta’sirini oldini olish bo‘yicha hududga mos tavsiyalar ishlab chiqildi. «Davra suhbat»larida Jo‘qorg‘i Kenges, hokimlik, davlat organlari, xotin-qizlar qo‘mitasi, prokuratura, partiyalar, Nogironlar jamiyati vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari, prokuratura, huquq- tartibot organlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari bo‘yicha O‘zbekiston gender tengligi komissiyasiga davra suhbatlari ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarni o‘z ichiga olgan xat tayyorlandi.

Nargis Qosimova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring