Yana bir tashkilot xodimlariga Toshkent propiskasi beriladi

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Hukumatning 2018-yil 29-oktyabrdagi qarori bilan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 70 ta tashkilot mavjud edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter