Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiya vazirligi vakillari ilk marta dunyodagi eng yirik kongressda qatnashadi

Innovatsiya vazirligi vakillari ilk marta dunyodagi eng yirik kongressda qatnashadi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistondan ilk marotaba Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari «Tadbirkorlikning global kongressi — GEC»da ishtirok etishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Tadqiqotlar va davlat va jamiyatga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Hamzayev hamda Innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Behruz Hamzayev mana shu yirik sammitda spiker sifatida qatnashishadi.

Foto: «Xabar.uz»

O‘z navbatida «Tadbirkorlikning global kongressi — GEC” haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Tadbirkorlikning global kongressi (Global Entrepreneurship Congress) bu har yili bo‘lib o‘tadigan yirik tadbir bo‘lib, unda jahonning ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlari, investorlar, tadqiqotchilar, siyosatchilar va boshqa qator yetakchilar jam bo‘lishadi. U yerda mavjud g‘oyalarni hayotga tatbiq etish, iqtisodiy o‘sish uchun turtki berish, insoniyat farovonligini oshirish masalalari tilga olinadi.

Bu safar «GEC» tadbirida 170 dan ortiq davlatlardan 1000 dan ortiq delegatlar bilan ishtirok etishadi. Ular mavjud tadbirkorlik ekotizimi atrofida paydo bo‘layotgan siyosiy va iqtisodiy muammolarni tilga olib, ularga yechimlar topish yo‘llarini muhokama qilishadi.

Bu yil mazkur kongress o‘ninchi bor o‘tkazilmoqda. O‘ziga xos yubiley anjumanda ishtirok etadigan O‘zbekiston vakillari BMTning savdo va taraqqiyot bo‘limining bir qismi bo‘lgan «Empretec» tashkiloti rahbariyati bilan uchrashib, O‘zbekistonda tadbirkorlikka o‘qitish masalalarini muhokama qilishadi.

Foto: «Xabar.uz»

«Empretec» tashkiloti dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida aynan o‘quv kurslarini tashkil etgan. Shuningdek, Yevropadagi eng yirik loukosterlaridan biri «Pegasus Airlines» aviakompaniyasi rahbari Ali Sabanchi, yirik turistik onlayn kompaniya «Booking.com»ning rahbari Jeff Xoffman, Innovatsiya va fan uchun platforma hamda biotexnologiya laboratoriyalarini beg‘araz taqdim etish bilan shug‘ullanuvchi «GEN Space» tashkiloti rahbari Deniyel Grushkin, Estoniyaning tadbirkorlik va informatsion texnologiyalar vaziri Urve Palo bilan uchrashib, muzokaralar olib borishadi.

Suhbatlar davomida raqamli iqtisodiyot, integratsiya, Innovatsion tadbirkorlik, O‘zbekistonning turizm salohiyati, fazoni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar masalalari tilga olinadi. Umumiy tarzda yirik kompaniya va tashkilot vakillari bilan 15 ta uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kongress 15-18-aprel kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring