Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk klon qo‘yning «otasi» parkinsonga yo‘liqdi

Ilk klon qo‘yning «otasi» parkinsonga yo‘liqdi

Foto: «Euronews.com»

Dunyoda ilk marta qo‘yni klonlashtirgan shvetsiyalik olim Sir Ian Uilmit parkinson kasalligiga mubtalo bo‘ldi.

11-aprel — Parkinson xastaligiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda so‘zga chiqqan 73 yoshli Uilmit 4 oy avval xastalikka chalinganini aytdi. Olimning ta’kidlashicha, ayni paytda kasallikni sekinlashtiradigan turli yo‘llar qidirilayapti.

Eslatib o‘tamiz, professor Uilmit 1996-yili Dolli laqabli qo‘yni klonlashtirishi tufayli mashhur bo‘lib ketgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring