Ikkita tumanda hokim o‘rinbosarlari ishdan ketdi

Xorazm viloyati Yangibozor tumani va Namangan viloyati Uychi tumani hokimlarining o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan. Bu haqda hokimlar qarorlari imzolangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Yangibozor tumani hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Feruza Ro‘zmetova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2022 yil 25 martdan bekor qilingan.
Shuningdek, Islomjon Valixanov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan 2022 yilning 1 aprel kunidan Uychi tumani hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter