Ikki oy avval ish boshlagan hokim o‘rinbosari jazoga tortildi
![Ikki oy avval ish boshlagan hokim o‘rinbosari jazoga tortildi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4235208685.jpg)
Yakkabog‘ tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Imomov Zurqaynar Qulmatovichga hayfsan intizomiy chorasi qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Nasafnews xabar berdi.
Bu qarorga Qashqadaryo viloyat prokuraturasining o‘rinbosarga intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qarori asos qilib olingan.
O‘rinbosar Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini lozim darajada ta’minlanmagan va o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan.
Zulqaynar Imomov ikki oy burun, 2021-yilning dekabr oyida o‘rinbosarlikka tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter