Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki agentlik Adliya vazirligiga qo‘shib yuborildi. Rahbarlar soni 2 barobarga qisqaradi

Ikki agentlik Adliya vazirligiga qo‘shib yuborildi. Rahbarlar soni 2 barobarga qisqaradi

Foto: «Xabar.uz»

So‘nggi paytlarda davlat organlari ko‘payib, ma’muriy apparat kengayib ketayotgani ko‘p tanqid qilinayotgandi. Adliya vazirligi ishni o‘zini isloh qilish va ixchamlashtirishdan boshladi. Bugun bu haqida Prezident Farmoni imzolangan.

Farmonga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligiga qo‘shib yuborildi. Endi ular vazirlik tarkibida departamentlar sifatida faoliyati yuritadi.

Qo‘shilish natijasida Adliyada respublika darajasidagi rahbarlar soni 2 barobarga qisqardi, boshqaruv xodimlari soni 110 taga kamaydi, vazirlik tizimidagi boshqaruv tuzilmalari 666 tadan 222 taga, bir-birini takrorlovchi vazifalar 34 foizga, funksiyalar 46 foizga qisqarmoqda. Natijada 84,5 mlrd so‘m iqtisod qilinmoqda.

Tuman darajasida alohida faoliyat yuritadigan 4 ta tuzilma birlashtirilmoqda. Adliya bo‘limlari, DXM, FHDYo, yuridik xizmat markazlari tuman-shahar adliya bo‘limlari tarkibiga kiritilmoqda.

Vazirlik markaziy apparatidagi boshqarmalar soni ham 24 tadan 20 taga qisqartirildi.

«Raqamli adliya» tizimi bunyod etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring