Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilgan fuqaroga ko‘mak berildi

Ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilgan fuqaroga ko‘mak berildi

Foto:«Xabar.uz»

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Hazorasp tumanidagi Karvak qishlog‘ida yashovchi fuqaro karantin davrida shaxsiy transportlarda harakatlanish to‘xtatilgani bois viloyat Markaziy shifoxonasiga otasini gemodializ uchun olib borolmayotganidan shikoyat qilib, mutasaddilarga murojaat qilgan edi.

Hazorasp tuman hokimiligi mutasaddilari murojaatchi bilan qisqa fursatda bog‘lanib, vaziyatni o‘rgandi.

Haqiqatan ham uning otasi o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi kasalligiga chalingan bo‘lib,  peshob tabiiy ravishda ajralishida muammolar kelib chiqqan. Bunday taqdirda bemorning qoni zaharli moddalardan tozalanishi uchun gemodializ qilinishi zarur.

Karantin munosabati bilan Xorazm viloyatida tashkil qilingan  ishchi guruhi ko‘magida bemor «Tez tibbiy yordam» mashinasida viloyat markaziy shifoxonasiga  olib borildi.

Bemorga zarur mulojalar ko‘rsatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring