IIV tizimidagi tibbiyot xodimlarining oylik maoshi oshiriladi
Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, «Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–136-son Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan quyidagilar 2024 yil 1 yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega bo‘lgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi:
oylik lavozim maoshlari:
- oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga;
- ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga;
- tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter