IIV matbuot kotibi qamoqxonaga borgan deputatni tanqid qildi
Bugun O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda «Jinoyatchilikning oldini olish hamda unga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni: talab va tavsiyalar» mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida xabar berildi.
Tadbirda ishtirok etgan IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 6 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyat sodir etish holatlari qariyb 13 ming 599 taga yoki 38,67 foizga, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar esa 8 ming 568 taga yoki 38,86 foizga kamaygan.
Mavzuga doir: Deputat Alisher Qodirov: «Qamoqxonalar mahbuslar soni ko‘p bo‘lishidan manfaatdor»
Jumladan, qotillik 17,63 foizga yoki 49 taga, o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlar 42,13 foizga yoki 5108 taga, og‘ir jinoyatlar 21,72 foizga yoki 989 taga, o‘ta og‘ir jinoyatlar 33,83 foizga yoki 458 taga, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 38,23 foizga yoki 224 taga, talonchilik 58,80 foizga yoki 254 taga, bosqinchilik 58,60 foizga yoki 109 taga, o‘g‘rilik 44,36 foizga yoki 2970 taga, firibgarlik 39,21 foizga yoki 1898 taga, bezorilik 50,13 foizga yoki 393 taga, avtomototransport vositalarini olib qochish 43,40 foizga yoki 46 taga, tovlamachilik 45,52 foizga yoki 66 taga, giyohvandlik 23,32 foizga yoki 443 taga kamayishiga erishildi.
Ta’kidlash kerakki, jamoat xavfsizligini ta’minlash faqatgina IIV, balki barchaning kundalik ishiga aylanishi zarur. Albatta, bu borada ommaviy axborot vositalarining o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. IIV Matbuot xizmati OAV uchun barcha ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor. Shu o‘rinda OAV aynan ushbu sohani yoritish bo‘yicha alohida jurnalist ajratsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki o‘rganishlar shuni ko‘rsatyaptiki, ko‘p hollarda jurnalistlar voqea-hodisani to‘liq o‘rganmasdan fikr bildiryapti, yorityapti. Bu esa omma o‘rtasida tushunmovchiiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Masalan, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati jazoni o‘tash muassasasidagi o‘rganishdan keyin ijtimoiy tarmoqlar orqali «Jazoni o‘tash muassasalaridagi xodimlarning oylik-maoshi bu yerdagi mahbuslar soniga bog‘liq ekan» degan fikrni bildirdi. Bunday fikr bildirish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Yoki Kattaqo‘rg‘ondagi voqea sabab butun tizimni yomonotliqqa chiqarish ham yaxshi emas. Chunki tinchlik uchun o‘z jonini fido qilayotgan xodimlar ham borligini esdan chiqarmasligimiz kerak.
Qutbiddin Burhonov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter