IIBB: Toshkentda bir kunda 2 mingdan ziyod qoidabuzarlik sodir etildi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 2019-yil 3- mart kuni jami 2086 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Ulardan 444 ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 264 ta odam tashish qoidalarini buzish, 14 ta xolatda haydovchilar transport vositasini mast xolatda boshqarishi, 68 ta xolatda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish tashkil etadi.
Shuningdek, 21 ta xolatda transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarishi, 2 ta xolatda yo‘l patrul xizmati inspektorining qonuniy talablarini bajarmaslik, 1 ta xolatda haydovchilarning tegishli ruxsatnomasiz transport vositasini yon oynalarini qoraytirilgan xolatda boshqarishi qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter