Toshkent shahar IIBBning e’tiborsizligi, test sinovlaridagi o‘zgarishlar, Sukerberg O‘zbekiston haqida, Ronaldudan supergol, Toshkent metrosidagi tazyiq, «Youtube»ga hujum va boshqa xabarlar
Bugun, 4-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Siyosat
Navbatdagi yig‘ilish: davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi tanqid ostiga olindi
Davlat xizmatlari ko‘rsatish qamrovi va sifati aholining axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ham bog‘liq. Shu bois jismoniy va yuridik shaxslarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, hujjatlarni elektron tarzda taqdim etish va olishga o‘rgatish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Jamiyat
Toshkent shahar IIBB 2 yildan beri bir fuqaroning murojaatini hal qilib bermayapti
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portaliga fuqarolardan murojaatlar kelishi davom etmoqda. Bir fuqaro 2 yildan beri firibgarlik qurboni bo‘lgani, Toshkent shahar IIBB esa ushbu muammoni ijobiy hal etolmagani haqida murojaat kelib tushdi.
O‘zbekistonning 9 banki onlayn konversiya uchun mobil ilovalarni ishga tushirdi
Hozirda bir nechta tijorat banklari kassalari, valyuta ayirboshlash punktlari va bankomatlar orqali naqd valyutani yechib olish uchun sharoitlar yaratilmoqda.
O‘zA nashri «Sputnik» va «qalampir.uz» saytlarini ko‘chirmakashlikda aybladi
«Ko‘chirmakashlik». Bu nima ekanini hammamiz yaxshi bilamiz. Axir hammamiz maktabda bunga guvoh bo‘lganmiz. Bu so‘zning qo‘shtirnoq ichiga olingani bejiz emas. Chunki bu aslida juda xunuk odat hisoblanadi.
Adliya vazirligi «MY5»ni ogohlantirdi. Boshqa telekanallarning «shoxi» bormi?
«Uchburchak» ko‘rsatuvining o‘sha mashhur soni, ya’ni qaynotasi keliniga sevgi izhor qilgani tanqid ostiga olingan efirni eslaylik. To‘g‘ri, bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda xo‘b va ko‘p tanqid qilindi. Lekin keyin-chi, bugun bu oila mahallada qanday qilib bosh ko‘tarib yurgan ekan? Shu haqda biror marotaba o‘ylab ko‘rdikmi?
Samarqanddagi avtomobil bozori ko‘chiriladi
O‘zbekiston Prezidentining 17-18-mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari va Pastdarg‘om tumanida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonida ushbu topshiriqni bergan edi.
Barcha mahalliy poyezdlar yangi vokzaldan qatnaydi
Bugun, 4-aprel kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun mazkur vokzalga media-tur tashkil etildi. Media-turda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri ham ishtirok etdi.
Ta’lim
Aks-sado: maktab darsliklari takomillashtirilishi kerak, ammo bu ular murakkab bo‘lsin degani emas!
Mantiqiy fikrlash o‘quvchining real hayotda ham uni qo‘llay olishi va rivojlanib ulgurgan axborot asrida uni tushunish va yangiliklar yaratish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa yurtimiz kelajagi uchun kerak.
O‘qituvchining o‘qituvchiga javobi: muammo o‘zimizda emasmi?
Avvalo, hech bir masala yuzasidan bahs-munozaraga erk bermaganman. Ham amaliyotchi o‘qituvchi, ham olim sifatida shiorim: tolerantlik — kasbiy mas’uliyat va taraqqiyot garovi. Shuning uchun yozganlarimni bahslashish deb tushunmasligingizni so‘rardim.
O‘zbekiston milliy universitetida isroillik professorlar dars o‘tmoqda
Amaliy mashg‘ulotlar davomida fizika fakulteti laboratoriyalari va yuqori texnologiyalari markazi isroillik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Bu yildan boshlab test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha ikki smenada o‘tkaziladi
O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar esa har yili 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi. Test sinovlari har yili 1-avgustdan 15 avgustga qadar, kuniga ikki smenda o‘tkaziladi. Bunda 1-smena 8:00 da, ikkinchi smena 15:00 da boshlanadi.
Madaniyat
Asil tanlov uchun asil qo‘shiqlar yetishmagani sababli «Zuvola» muddati uzaytirildi
Tanlov uchun Toshkent shahri va viloyatlarda ijod qilib kelayotgan ijodkorlar turli yo‘nalishda ko‘plab yangi qo‘shiqlar yo‘llashdi va ular orasidan tanlovda qatnashishga saralab olindi. Jumladan, 2018-yilning 27-yanvaridan 15-fevraliga qadar tanlovda ishtirok etish uchun ko‘rsatilgan manzilga 2500 ga yaqin qo‘shiqlar taqdim etildi.
Hodisa
Metroni suratga olgan yo‘lovchi tazyiqqa uchradi
«Metroda suratga olish mumkin bo‘ladi. Bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi. Bizning metro dunyodagi eng chiroyli metro. Biz uni reklama qilishimiz kerak. Shu paytgacha taqiqlangan, lekin endi bu amaliyotdan voz kechiladi», - deb aytgandi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov.
Sport
«Real Madrid» akademiyasi rahbariyati O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi
Shuningdek, yurtimizdagi iste’dodli bolalarni Madridga olib borish, «Qirollik klubi» tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham hamkorlik qilinadigan bo‘ldi.
YeChL. Ronalduning fantastik goli, Haynkesning rekordi. Kechagi o‘yinlar sharhi (video)
Seshanba oqshomida Yevropa chempionlar ligasining chorak finali doirasida «Real» — «Yuventus» hamda «Sevilya» — «Bavariya» o‘rtasidagi to‘qnashuvda o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Gimnastika federatsiyasiga yangi prezident saylandi
Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport ishlari vaziri Shoakram Isroilov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov, shuningdek, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.
Texnologiya
Bir quvvatlanishda 50 kungacha ishlay oladigan smartfon sotuvga chiqdi
«Blackview» kompaniyasi akkumulyator sig‘imi 11 000 mA/soatga teng bo‘lgan «P10000 Pro» smartfonini taqim etdi.
Sukerberg: Rossiyaning «trollar fabrikasi» O‘zbekiston fuqarolarini ham boshqarishga uringan
Uning ta’kidlashicha, bloklab qo‘yilgan akkaunt va sahifalar Rossiyada yashaydigan odamlarga, shuningdek, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Ukraina kabi qo‘shni mamlakatlardagi rus tilida so‘zlashuvchilarga ham qaratilgan bo‘lgan.
Iqtisodiyot
Narxlarini davlat belgilaydigan tovar va xizmatlarning yangi ro‘yxati tasdiqlandi
Shuningdek qaror bilan tasdiqlangan nizomda monopol yuqori va monopol past narxlarning aniqlanishi tartibi belgilangan.
Ekspert: «O‘zbekistonda budjet taqchilligi yo‘q, pul sinishi haqidagi mish-mishlar asossiz»
Emissiyaning o‘sishi esa davlatning tovar muomalasi talabi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu to‘g‘risida aholi oldindan xabardor qilinadi. Misol uchun, jahon tajribasida bir oy yoki bir hafta oldin.
Fuqarolar qancha soliq to‘laydi?
Ma’lumki, shu kunlarda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi qizg‘in muhokama bo‘lmoqda. Taqdim etilayotgan yangi konsepsiyada yuridik shaxslar, tadbirkorlik sub’yektlariga yengillik yaratish bilan birga oddiy fuqarolarni soliqqa tortish yo‘nalishida ham o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Dunyo
Noma’lum ayol «Youtube» bosh ofisini o‘qqa tutdi
U qora kiyimda, niqob taqqan holatda ofisga bostirib kirgan. Ayolning «Youtube»ga hech qanday aloqasi yo‘qligi aytilgan.
Olimlar 28 ming yil avval inson qanday ko‘rinishda bo‘lganini ko‘rsatishdi
Bu o‘sha insonning yaxshi saqlanib qolgan bosh suyagi va zamonaviy texnologiya tufayli amalga oshdi. Qadimiy odam portreti 1868 yilda topilgan.
Rossiyada yana bir savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi
Moskvaning sharqiy qismida joylashgan «Persey dlya detey» nomli bolalar savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi.
«YouTube» ofisiga qilingan hujumning sababi aniqlandi
«Videoni 366 ming marta ko‘rishgani uchun mening daromadim 10 sent bo‘lishi mumkinmi?», — degan alamzada Agdam. Uning otasi esa so‘nggi vaqtlarda qizi «YouTube»ga joylashtirayotgan videolarining ko‘rilganligidan tushayotgan daromad kamayib ketgani va bundan uning qattiq jahli chiqqanini aytdi.
Tavsiya qilamiz
«Dorixona», «Atele», «Vino-vodka»…
Xo‘p, ichuvchilar ko‘p ham deylik. Lekin farzandlarimizning shunday do‘kon va kafelarni, uning atrofida ko‘pincha yuruvchi mast-alast kishilarni ko‘rishi ularning tarbiyasiga, ruhiyatiga ta’sir etmasmikan?
Hech o‘ylab ko‘rdingizmi, so‘nggi ikki yil ichida nimalar o‘zgardi? Menimcha, O‘zbekistonda bir kishi o‘zgardi va u kishi o‘zgartirgan narsalar o‘zgardi, xolos! Yoki siz biror marta Xalq ta’limi vaziri minbarga chiqib, «mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh qilishga muhtoj» deganini eshitdingizmi? «Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi mutlaqo talabga javob bermay qolgan»...
Nechun chaqaloqlar ko‘chaga tashlab ketilayapti?
Nima uchun bu kabi hodisalar soni ortib bormoqda? Chaqaloqlarni ko‘chaga tashlab ketishga haddi sig‘ayotganlar kimlar? Ularning yoshi nechida, oilaviy ahvoli, sharoiti qanday? Bolani boqa olmaslikdan qo‘rqib ko‘chaga tashlab ketayaptimi yoki bir vaqtlar qo‘l urgan gunohining achchiq mevasini tatishga yuzi chidamay, qilmishlarini yashirish uchun jigarbandidan voz kechayaptimi?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter