IIBB Ramazon oyida haydovchilardan tartibli bo‘lishni so‘radi

IIBB muborak Ramazon oyida ibodat uchun masjidlarga kelgan haydovchilardan tartibli bo‘lishni so‘radi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati tomonidan ma’lumot qoldirilgan.
«Sizdan muborak Ramazon oyida masjidlarga kelganda avtotransport vositalaringizni masjid yonida yo‘lni to‘sgan holda qoldirmasdan, Toshkent shahar hokimiyati va IIBB tomonidan tashkillashtirilgan joylarda qoldirishni so‘raymiz. Imkon sari shahar jamoat transportlari xizmatlaridan foydalaning», — deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, muborak Ramazon oyi ertaga, 6 may sanasida boshlanishi ma’lum qilingan. Shu munosabat bilan bugun tunda masjidlar oldida tirbandliklar yuzaga kelishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas