Ichki ishlar xodimlari farzandlariga Mudofaa va Milliy gvardiya OTMlariga kirishda kvota ajratiladi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qabulning umumiy sonidan 5 foizli kvota ajratiladi.
Bunda qabul dastlabki va harbiy-professional tanlov natijalari hamda ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida amalga oshiriladi.
5 foizli qabul kvotalari harbiy-professional tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Mazkur kvotalarga qabul qilinmagan nomzodlar to‘plagan ballari bilan umumiy tanlovda ishtirok etadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter