Ichki ishlar vazirligi Surxondaryoda ommaviy sayyor qabul o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari ishtirokida ommaviy sayyor qabuli Termiz shahrida boshlandi.
Sayyor qabul Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat kengashiga qarashli Yoshlar markazi binosida tashkil qilindi.
Termiz shahrida o‘tkazilayotgan mazkur ommaviy sayyor qabulga viloyatning Termiz shahri, Termiz, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on, Qiziriq, Sherobod, Boysun hamda Angor tumani aholisi sayyor qabulga qiyinchiliklarsiz yetib kelishlari uchun avtobus qatnovlari tashkil etildi.
Fuqarolar o‘z murojaatlarini moneliksiz, to‘siqsiz bayon etishlari uchun murojaatlarni qayd etish joylari tashkil qilindi. Murojaatchilar o‘z navbati kelguniga qadar Yoshlar markazining faollar zalida hordiq olishlari, bundan tashqari, markaz oshxonasida osh iste’mol qilishlari, sog‘ligidan shikoyati bo‘lgan fuqarolar tibbiy yordam olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Jo‘rayev Muhiddin tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, chuqur o‘rganilmoqda.
Tashkil qilingan ommaviy sayyor qabul ishlari davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter