Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlar zimmasiga shaxsiy mas’uliyat yuklanadi

Hokimlar zimmasiga shaxsiy mas’uliyat yuklanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning «Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Qarorga ko‘ra quyidagilar  belgilanmoqda:

  • Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar markazlarida chorrahalarni to‘liq raqamli boshqaruv tizimiga o‘tkazish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklanadi;
  • Nukus va Toshkent shaharlari, viloyatlar, tuman (shahar)lar markazlarida yo‘l belgilari, ko‘rsatkichlari va svetoforlarni o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizish, piyodalar o‘tish joylarini belgilash orqali yo‘l harakati vositalarini tartibga solishga ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari mas’ul hisoblanadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) bilan birgalikda ikki oy muddatda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilgan holda, chorrahalarda raqamli boshqaruv tizimini quyidagi davrlarda joriy qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilaydi:

  • 2023 yil yakuniga qadar poytaxtning barcha chorrahalarida, shuningdek, Nukus shahri va viloyatlar markazlarining yirik asosiy serqatnov chorrahalarida, 2024 yil yakuniga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarining barcha chorrahalarida raqamli boshqaruv tizimini quyidagi davrlarda joriy qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
  • transport va piyodalar oqimi, piyodalar bilan bog‘liq sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili asosida tumanlar va shaharlardagi aholi gavjum hududlarda piyodalar o‘tish joylariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni 2023 yil yakuniga qadar o‘rnatilishi nazarda tutilmoqda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring