Hokim qonunchilik talablarini buzgani aniqlandi — Inspeksiya

Buxoro viloyati hokimi dam olish kuni uch tumanda yig‘ilish o‘tkazgani yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati hokimi tomonidan 2022-yil 6-fevral kuni (yakshanba dam olish kunida) Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida uchrashuv o‘tkazilganligi sababli mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgani aniqlangan.
Qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik, dam olish kunlari ishga jalb etilgan xodimlarga ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi yoki xodimning istagiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bo‘yicha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan yozma ko‘rsatma va vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi rahbari tomonidan viloyat hokimi nomiga taqdimnoma kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter