Hokim marhum jurnalist oilasidan xabar oldi
![Hokim marhum jurnalist oilasidan xabar oldi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_4053579734.jpg)
Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani hokimi J.Rahimov marhum jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov xonadonida bo‘lib, uning oila a’zolari bilan suhbatlashdi.
«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, hokim ularga hadyalar topshirar ekan, marhumni yaxshi sifatlari bilan tilga oldi. Shuningdek, D.Ro‘zmetov hayotligida olgan iste’mol kreditini qoplashga, oila bekasini esa ishga joylashtirishda ko‘mak berishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, jurnalist D.Ro‘zmetov qirq kun avval avtohalokat tufayli bevaqt hayotdan ko‘z yumgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter