Hojilarimizning yurtimizga qaytish sanasi ma’lum qilindi
«Haj – 2023» mavsumini ko‘tarinki kayfiyatda yakunlagan ziyoratchilarimiz joriy yil 4-22 iyul kunlari yurtimizga qaytib keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yurtdoshlarimiz Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus sari parvoz qilib, qaytib keladilar.
«Haj – 2023» tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyatidan malakali uchuvchi va bortkuzatuvchilari jalb etilgan. Hojilarimizga havo sahnida turli taom va ichimliklar taqdim etiladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter