Hayit kuni metroning ish tartibi o‘zgaradi

«Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan bayram kunlarida harakat tarkibi qatnovi vaqti quyidagicha tashkil etiladi.
2022-yil 2-may — Ramazon Hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni tonggi soat 04:00 dan kech soat 00:00 ga qadar o‘z ish faoliyatini olib boradi.
2022-yil 3 – 4-may kunlari metro yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan 00:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter