Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.N. boshqa fuqarolar — M.I. va S.A.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib birish evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, departament, DXX va IIB Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan U.Y. fuqaro X.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring