Prokuratura xodimlari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirishi shart
Bosh prokuratura Oliy o‘quvchi kurslari Prezident farmoniga muvofiq akademiya sifatida qayta tashkil qayta tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
Farmonga muvofiq prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etishi qat’iy belgilandi.
Prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlar prokuratura ish o‘rganuvchilari lavozimiga tayinlanguniga qadar prokuror-tergov ishi va prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilish asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tadilar.
Eslatib o‘tamiz, «Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 8-may kuni imzolangan. Uning matni O‘zAda e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter