Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Har safar Sirdaryoga kelganda Alisher Navoiyning qahramonlarini ko‘rgandek bo‘laman» — Shavkat Mirziyoyev

«Har safar Sirdaryoga kelganda Alisher Navoiyning qahramonlarini ko‘rgandek bo‘laman» — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida viloyat haqidagi fikrlarini Alisher Navoiyni eslash bilan boshladi.

— Men har gal Sirdaryoga kelganimda, ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning qahramonlarini hayotda ko‘rganday bo‘laman.

Viloyatning bir tomoniga qarasak – Guliston, Baxt, yana bir tarafida – Mehnatobod, boshqa tomonida – Shirin shahri va elu yurtga nur ulashayotgan Farhod GESini ko‘ramiz.

Hazrat Navoiyning ezgu ideallariga g‘oyatda mos bo‘lgan, bunday go‘zal nomlar zamirida teran ma’no mujassam, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring