«Haj–2023» mavsumi uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi
«Haj–2023» mavsumi uchun bir ziyoratchiga to‘lov miqdori – 68 mln 760 ming so‘m etib belgilandi.
Qayd etilishicha, 2023 yilning boshida, ya’ni 15 mayga qadar 36 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari Umra amallarini bajardi.
2022 yilda Haj ziyorati uchun 12 ming kvota ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda 15 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari Haj ziyoratini ado etishlari belgilandi.
Saudiya Arabistoni talabiga ko‘ra, Haj ziyoratiga boruvchilar tegishli vaksinalarning to‘liq dozasi bilan emlangan bo‘lishlari kerak.
Ziyoratchilar 4 iyun kunidan 19 iyun kuniga qadar Madinaga shahriga borishadi va 4 iyul kunidan 19 iyul kuniga qadar yurtimizga qaytib kelishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter