Haj va umra ishlari vaziri Toshkentga keldi
Kecha, 27-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va bir guruh mutasaddilar kutib oldi.
Mazkur tashrifdan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini takomillashtirish, ayniqsa, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, turizm, transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter