Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hafta davomida iliq harorat saqlanib turishi kutilyapti

Hafta davomida iliq harorat saqlanib turishi kutilyapti

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekistonda havo ochiq va iliq, harorat shu kunning iqlimiy me’yorlariga yaqin bo‘lib, 25-30 darajani tashkil qiladi. Kunning ikkinchi yarmida bulutlar ko‘paya boshlaydi, kechga borib va tunda respublikaning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Ertadan mamlakatimiz hududiga salqin va quruq havo oqimining kirishi kutilmoqda, ushbu oqim ish haftasining oxirigacha respublikadagi ob-havoni belgilaydi. Harorat foni hamma joyda 2-4 darajaga pasayadi. Bu davrda asosan kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Keyinchalik sentyabr oyining oxirigacha butun O‘zbekiston hududi bo‘yicha oyning oxiri uchun xos bo‘lgan havoning saqlanib turishi kutilmoqda. Bu davrda yog‘ingarchilik ehtimoli kam. Uraldan salqin havo kirib turishi hisobiga harorat foni respublika bo‘yicha me’yordan 3-4 darajaga past bo‘ladi. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 20-25 darajani tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring