Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimova qayerda? Bosh prokuratura javob berdi

Gulnora Karimova qayerda? Bosh prokuratura javob berdi

Shu kunlarda ayrim xorijiy OAVda Gulnora Karimovaning O‘zbekiston qamog‘idan ozod etilib¸ Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelgani haqida xabarlar tarqatildi.


Mavzuga doir: Imon Karimova: «Biz o‘z hayotimiz bilan yashashni istaymiz»


Unga ko‘ra, Gulnora Karimova xususiy samolëtda 2-oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 14:00da Dubayga kelib qo‘ngan va shundan so‘ng BAAdagi eng qimmat mehmonxonalardan birida o‘rnashgan.

Kun.uz sayti ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova bilan bog‘langan.

Matbuot xizmati vakilining ma’lum qilishicha, Gulnora Karimova qonunda nazarda tutilgan tarzda O‘zbekistonda jazo o‘tamoqda.

«Sizga yana bir bor rasman bayonot beraman: Gulnora Karimova qonunda nazarda tutilgan tarzda O‘zbekistonda jazo o‘tamoqda», - deb aytgan Bosh prokuratura matbuot xizmati vakili Surayyo Rahmonova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring