Gulistonda katta bayroq o‘rnatilyapti
Guliston shahrida balandligi 65 metr bo‘lgan katta bayroq o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu bayroq Sirdaryo viloyatidagi eng baland ekani aytilmoqda.
Bugungi kunda viloyatdagi eng ulkan bayroq (balandligi 35 metr, hajmi 12 metrga 6 metr) Shirin shahrining bosh maydoniga o‘rnatilgan.
Ma’lumot uchun, hozir eng ulkan bayroq Toshkentda bo‘lib, balandligi 65 metr, Buxoroda esa 60 metrli o‘rnatilgan. Shuningdek, 35 metrli bayroq Namangan shahri va Qorako‘l tumanlariga ham o‘rnatilgan. Samarqand shahrida o‘rnatilgan bayroq balandligi 30 metrni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter