Gretsiya taksichilari «Uber»ga qarshi namoyish o‘tkazmoqda
Gretsiyada taksi haydovchilari AQShning «Uber» taksi xizmatiga qarshi namoyishlar o‘tkazishmoqda. Ular «Uber» faoliyatini mamlakatga «bostirib kirish» deb atashmoqda va mahalliy hukumatni «Uber» taksi xizmatini qo‘llab-quvvatlashda ayblashmoqda.
Ushbu kompaniya 2014-yildan beri bir nechta davlat hukumatlari bilan mojarolashib keladi. Mahalliy taksichilar noroziligi va qonunchilik talablari sababli «Uber» Tailand, Braziliya, Vetnam va Ispaniyada taqiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter