Go‘sht, kartoshka va boshqa ayrim mahsulotlar QQSdan ozod qilinadi
Senat yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan respublikada go‘sht mahsulotlari va asosiy iste’mol mahsuloti bo‘lmish kartoshkaga bo‘lgan talab va narxlar barqarorligini ta’minlash orqali aholi daromadlarini oshirish maqsadida Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritilmoqda.
Xususan, Soliq kodeksining 483-moddasiga 2021-yil 10-oktyabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek ularni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha qo‘shimcha norma kiritilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, narxlarni barqarorlashtirish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter