«GM Uzbekistan»dan aksiya: «Spark» sotib olganda velosiped tekinga beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev velosipedlarni ishlab chiqarishni va veloyo‘laklar sonini ko‘paytirish hamda aholi sog‘ligini mustahkamlashda yordam beradigan velosipedda yurishni ommalashtirish zarurligini ta’kidlagandi.
Ushbu takliflar aholi tomonidan faol muhokama qilinayotgani va ijobiy fikrlar bildirilayotganini hisobga olib, «GM Uzbekistan» AJ o‘z navbatida mijozlarning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida «Spark» xarid qil – sovg‘aga velosiped ol» aksiyasi muddatini uzaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, xaridor «Spark R2 Optimum» A/T avtomobilini xarid qilish vaqtida velosiped uchun berilgan vaucher bilan bog‘liq mazkur aksiya 30 avgustdan joriy qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter