Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gidrometeorologiya xizmati ushbu haftadagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Gidrometeorologiya xizmati ushbu haftadagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi iliq havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi.

Harorat foni nisbatan tekis bo‘ladi. Havo harorati asosan kechalari 2-7 daraja iliq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq, ayrim kunlarda 20-22 daraja iliqgacha bo‘ladi.

Haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 22- fevral chorshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlar, yeng chekka janub va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Juma kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq va nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 24-fevral kuni ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, kunduzgi harorat 3-6 daraja iliqgacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Dam olish kunlari sovuq va nam havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.

Poytaxtimizda 20-24-fevral kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22-fevralda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 3-6 daraja iliq, kunduz kunlari 16-20 daraja iliq, 22 fevralda 14-15 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring