Gidrometeorologiya xizmati tog‘li hududlar aholisiga murojaat qildi
Respublika Gidrometeorologiya xizmati tog‘li hududlar aholisiga murojaat qildi.
Aytilishicha, joriy yil 11-15-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Avvalroq 11-12-mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel yuzaga kelishi mumkinligi xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter