Gidrometeorologiya xizmati ob-havo bo‘yicha yangi ma’lumot berdi

Gidrometeorologiya xizmati bugun, 23-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.
Avvalroq, meteorologlar O‘zbekistonning olti viloyati aholisini qor ko‘chishi va sel hodisalaridan ogohlantirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter