Gender tenglik: ayollar ham nozik qo‘llari bilan zargarlik qilishi, soat tuzatishi mumkin

Bugun Toshkent shahridagi «Hillton» mehmonxonasi «Congress hall» zalida gender tenglikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bandlik va mehnat munosabatlari, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi vazirliklari vakillari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutasaddilari qatnashgan ushbu anjumanda mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq, imkoniyatlarni ta’minlash sohasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir doirasida OAV vakillari tomonidan berilgan — shelter markazlari, himoya orderi, ayollarni ish bilan ta’minlash, ularning tibbiy madaniyati va huquqy savodxonligini oshirish, qizlarning oliy ma’lumot olishi uchun imtiyozlar, kasb tanlashi kabi masalalar oid savollar qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
— Qizlarning oliy ma’lumotli bo‘lishi ularning kelajakda karera qilishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun qanchalar asqotsa, agar vaziyat taqozasi bilan ishlamay uyda o‘tirgan taqdirda ham farzandlarini tarbiyasi uchun shunchalik muhim, —dedi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva. — Nima uchun qizlarimiz faqat osh-ovqat pishirish yoki tikuvchilik kabi hunarlar bilan chegaralanib qolishi kerak. Ular nozik qo‘llari bilan erkaklar bajaradigan zargarlik va soat tuzatish kabi ishlarni ham mahorat bilan bajara oladilar.
Shuningdek onalik va bolalikni muhofaza qilish yuzasidan kelgusi yil 1 iyun sanasidan boshlab 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar vitaminlar va mikronutriyentlar, 10 yoshgacha bo‘lgan bo‘lgan bolalar parazitlarga qarshi dorilar, homilador, emizikli ayollar, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar yod pereparatlari, 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar foliy kislotasi va ferrum bilan bepul ta’minlashi ko‘zda tutilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter