Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz va elektr qaysi viloyatlarda eng ko‘p talon-toroj qilinayotgani ochiqlandi

Gaz va elektr qaysi viloyatlarda eng ko‘p talon-toroj qilinayotgani ochiqlandi

Gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

2023-yilning sentyabr oyida 911 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

«O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmatiga ko‘ra, nazorat tadbirlarida 94 million 533 ming metr kub tabiiy gaz va 42 million 961 ming kilovatt soat elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Bu holatlar tizimga 111 milliard 428 million so‘m zarar keltirgan.

Bu hajmdagi tabiiy gaz 472 ming 665 ta xonadonning, elektr energiyasi esa 214 ming 805 ta xonadonning bir oylik iste’moliga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring