Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz ta’minoti korxonasi xodimlari ushlandi

Gaz ta’minoti korxonasi xodimlari ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Oltinko‘l tumanida gaz quvurini yuqori bosimli tarmoqqa ulab berishni va’da qilgan gaz ta’minoti korxonasi xodimlari ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Oltinko‘ltumangaz» bo‘limi xodimlari M.A. va J.M.lar fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning «Sadda» MFY hududidagi xonadonini yuqori bosimli yer usti gaz tarmog‘iga ulab berish masalasini tanishlari yordamida hal qilib berish evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring