Gaz quyish shoxobchalari faoliyati to‘xtatildi
Bugundan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlash darajasi bugun ertalab soat 9:30 holatiga 70 foizni tashkil qiladi.
Gaz «zapravka»larning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishdan asosiy maqsad ijtimoiy soha ob’yektlari, ishlab chiqarish korxonalari va aholiga gazni yetkazib berishdan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter