Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gastroenterolog: kartoshka — sabzavotlarning eng zararlisi

Gastroenterolog: kartoshka — sabzavotlarning eng zararlisi

Foto: Xabar.uz

Rossiyalik shifokor-gastroenterolog Darya Utyumovaning ta’kidlashicha, inson organizmi uchun sabzavotlar orasida eng zararlisi — kartoshka. Uning qonda glyukoza miqdorini keskin oshirishi organizmda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Hamma gap kartoshkaning glikemik indeksi yuqoriligida, aynan u qonda glyukoza darajasini keskin oshiradi, oqibatda oshqozonosti bezi qo‘shimcha insulin ishlab chiqarib, organizmda ortiqcha yog‘ to‘planishi jarayoni boshlanadi.

Shu bois qandli diabetga chalingan va ortiqcha vaznli kishilarga kartoshka iste’molini kamaytirish tavsiya etiladi.

Shifokorning aytishicha, glikemik indeks kartoshkaning qanday pishirilishiga qarab o‘zgaradi — masalan, kartoshka pyuresida yuqori, po‘stog‘i bilan qaynatib pishirilgan yoki duxovkada tayyorlangan kartoshkada nisbatan pastroq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring