FVV internetda tarqalgan vahimali xabar bo‘yicha tushuntirish berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent siti hududidagi binoning 15 qavatidan bir inson qulab tushganligi aytilmoqda» sarlavhasi ostida ma’lumot tarqatilgan.
Aslida bu taktik o‘quv-mashg‘uloti bo‘lib chiqdi. FVV bu bo‘yicha tushuntirish berdi.
«Bugun, 28 yanvar kuni FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakt qilish bo‘yicha rejaviy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi», deyiladi munosabatda.
Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Maxsus-taktik o‘quv mashqi davomida hech kim jabrlangani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter